Eron Tashqi ishlar vazirligi Islom Respublikasi hududiga yo‘llangan yangi zarbalardan so‘ng AQShni diplomatiyaga xiyonat qilishda aybladi.
Bu haqda tashqi siyosat mahkamasining bayonotida so‘z boradi.
«AQShning hukmron doiralari... diplomatiyaga ochiqdan-ochiq xiyonat qildi», — deyiladi Eron TIV bayonotida.
Vazirlikning ta’kidlashicha, Vashington harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi memorandum imzolanganidan 20 kun o‘tib, uning qoidalarini buzgan, hujumlarni kuchaytirgan, dengiz blokadasini joriy etgan va bir qator harbiy bo‘lmagan (fuqarolik) ob’ektlariga zarba bergan.
Tehron, shuningdek, AQShning ushbu xatti-harakatlari harbiy jinoyat hisoblanishini va nizoning yangi eskalasiya (keskinlashuv) bosqichiga olib kelganini ma’lum qildi.