Eron Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlarini AQShning Islom Respublikasiga qarshi hujumlari uchun o‘z hududlaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Bu haqda Eron tashqi siyosat mahkamasining IRIB teleradiokompaniyasi tomonidan keltirilgan bayonotida so‘z boradi.
«Eron Islom Respublikasi Fors ko‘rfazidagi janubiy qo‘shnilarini amerikalik tajovuzkorlarning Eronga qarshi urushni davom ettirish uchun ularning hududi, havo hududi va infratuzilmasidan foydalanishiga zudlik bilan to‘sqinlik qilishga yana bir bor chaqiradi», — deya ta’kidladi TIV.
Vazirlik, shuningdek, Eron o‘z qo‘shnilari va mintaqadagi biron bir davlatga nisbatan dushmanlik kayfiyatida emasligini hamda barqaror xavfsizlikni ta’minlashning yagona yo‘li — «xorijiy harbiy ishtirokisiz va AQShning vayronkor aralashuvisiz mintaqa davlatlarining o‘zaro tushunishi va hamkorligi» ekanligiga ishonchi komil ekanini aytib o‘tdi.