Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQShni o‘zining harbiy xizmatchilarini Yaqin Sharq mamlakatlaridan olib chiqishga chaqirdi.
“Bizning qurolli kuchlarimiz biron-bir hujum yoki tahdidni javobsiz qoldirmaydi. Agar xavfsizlikda bo‘lishni istasangiz, mintaqamizni tark eting”, - deya yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Shuningdek, mamlakat o‘z-o‘zini himoya qilish huquqidan, jumladan, hujum manbalariga zarbalar berish orqali foydalanishda ikkilanib o‘tirmasligini ta’kidlandi.
Avvalroq AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustida Amerikaning “Apache” vertolyoti urib tushirilgandan keyin Eronga zarba berganini ma’lum qilgandi. Bunga javoban Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Amerikaning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi.