Agar AQSh diplomatiyaga qaytmoqchi bo‘lsa, Eronga qarshi hujumlar to‘xtatilishi kerak.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi ma’lum qildi.
"AQSh Isroilga yordamga kelishga majbur bo‘ldi, bu Isroilning qanchalik qiyin ahvolga tushib qolganini ko‘rsatadi. Agar ular diplomatiyaga qaytmoqchi bo‘lsalar, avvalo hujumlarni to‘xtatishlari kerak", - dedi u.