Eron Tashqi ishlar vazirligi AQShning Islom Respublikasiga qilingan hujumlar Tehronning yadroviy qurol ishlab chiqarishi bilan bog‘liqligi haqidagi da’volarini rad etdi va buni shunchaki tajovuzkorlik uchun bahona deb atadi.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bag‘ayi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.
"Amerika rasmiylari yana bir bor Eronga qarshi noqonuniy urushni oqlash uchun "katta yolg‘on"ni - Eron yadroviy qurol izlayapti degan tuhmatni takrorlamoqda", deb ta’kidladi u.
Bag‘ayining so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat hozirgi urush Eronga qarshi "tajovuzkorlik harakati" ekanligini tan olishi kerak.
"Bu urush shunchalik adolasizki, uni hech qanday mayda bahona bilan oqlab bo‘lmaydi", deb ta’kidladi Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili.