Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron Tashqi ishlar vazirligi: "AQSh bilan hech qanday muzokaralar olib borilmadi"

Eron Tashqi ishlar vazirligi: "AQSh bilan hech qanday muzokaralar olib borilmadi"

Eron so‘nggi bir oy ichida Qo‘shma Shtatlar bilan hech qanday muzokaralar olib bormadi.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bag‘ayi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

U muzokaralar taklifi Vashingtondan kelganini aytdi:

"Biz so‘nggi 31 kun ichida Qo‘shma Shtatlar bilan hech qanday muzokaralar olib bormadik. Ular bizga vositachilar, jumladan, Pokiston orqali bir qator takliflar, jumladan, muzokaralar bilan murojaat qilishdi. Bizning pozisiyamiz juda aniq".

Bag‘ay AQSh va Isroilning Eronga qarshi operasiyasi paytida Islom Respublikasi xalqi dushmanlarini qaytarishga qat’iy qaror qilganini ta’kidladi. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, javob zarbalari paytida Eron kuchlari Heibarshakan va Xorramshahr raketalari hamda Arash va Shahid dronlaridan foydalangan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp va Oq uy rasmiylari Eron bilan samarali muzokaralar olib borayotganliklarini bir necha bor ta’kidlashgan.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!