Isroil Eronning ikkita eng yirik po‘lat zavodiga, bitta elektr stansiyasiga, fuqarolik yadroviy inshootlariga va boshqa infratuzilmalarga zarba berdi.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
Uning ta’kidlashicha, Isroilning Qo‘shma Shtatlar bilan muvofiqlashtirilgan harakatlari AQSh prezidenti tomonidan ilgari e’lon qilingan diplomatik muzokaralar muddatini uzaytirishga zid keladi.
Arag‘chining so‘zlariga ko‘ra, Eron Isroilning harakatlari uchun yuqori narx talab qiladi.