Bu haqda Reuters xabar berdi.
Agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina hujumlari va Rossiya “soya floti” tankerlarining qo‘lga olinishi natijasida kuniga 2 million barrel neftni chet elga yetkazib berish imkoniyati vaqtincha yo‘qotildi.
"AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi ortidan neft narxi barreliga 100 dollardan oshib ketgan bir paytda, zamonaviy Rossiya tarixidagi eng yirik ta’minot uzilishi yuz bermoqda. 2026 yil mart oyida Ukraina dronlarining Boltiq dengizidagi Primorsk va Ust-Luga portlariga bergan zarbalaridan so‘ng neft jo‘natish to‘xtab qolgan. Novorossiysk portida ham yuk ortish hajmi rejadagidan ancha past", deya xabar bermoqda Reuters.
Bundan tashqari, Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalari oqibatida shikastlangan “Do‘stlik” quvuri orqali neft tranziti yanvar oyidan beri tiklanmagan. Yevropa davlatlari “soya floti” tankerlarini tez-tez hibsga olayotgani sababli Murmanskdan amalga oshiriladigan ta’minot ham izdan chiqqan. Hozirda Rossiya faqat Xitoy, Belarusga, shuningdek, “Saxalin” loyihasi orqali neftni uzluksiz eksport qilmoqda.