Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Eron AQSh bilan urushda ustunlikka ega

Eron AQSh bilan urushda ustunlikka ega

Bu haqda Buyuk Britaniya razvedkasining (MI6) sobiq rahbari Aleks Yanger The Economist nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Haqiqat shundaki, AQSh vazifaning murakkabligiga yetarlicha baho bermadi. Fikrimcha, taxminan ikki hafta oldin ular Eronda tashabbusni qo‘ldan chiqarishgan edi", — dedi Yanger.

Uning ta’kidlashicha, Eron rahbariyati kutilganidan ko‘ra ancha bardoshli bo‘lib chiqqan.

"2025 yilning iyun oyidayoq Eron harbiy kuchlarni taqsimlash va quroldan foydalanish vakolatlarini topshirish bo‘yicha bir qator to‘g‘ri qarorlar qabul qilishgan edi. Bu ularga Qo‘shma Shtatlarning juda kuchli havo operasiyalariga qarshi qo‘shimcha barqarorlik berdi.

Tehron “gorizontal kengayish strategiyasi”ga amal qilmoqda. Ular Fors ko‘rfazi mamlakatlarini raketalar bilan o‘qqa tutib, AQShga bosim o‘tkazyapti. Eron energetik urushning muhimligini anglab yetdi va Ho‘rmuz bo‘g‘oziga tahdid qilish orqali mojaroni globallashtirdi. Ular o‘zlarining “qartalarini” mahorat bilan o‘ynay olishdi", – deya ta’kidladi Yanger.

Sobiq razvedka rahbarining xulosa qilishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat Eronga ushbu urushda strategik ustunlik berishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!