Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaqin Sharqdagi qurolli mojaro oqibatlarini oldindan baholash qiyinligini ta’kidladi.
Uning aytishicha, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harakatlari global iqtisodiyotga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Logistika zanjirlari, ishlab chiqarish va xomashyo bozorlari bosim ostida qolgan.
Rossiya prezidenti Tadbirkorlar ittifoqi majlisida quyidagilarni ma’lum qildi:
🔶 Rossiya o‘z suverenitetini mustahkamlashi kerak. Busiz barcha sohalarda asosiy manfaatlarini himoya qilishning iloji yo‘q.
🔶 Rossiya, ayniqsa, sun’iy intellekt, avtonom tizimlar va raqamli platformalardagi texnologiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
🔶 Rossiya mahalliy texnologiyalarga asoslangan biznes investisiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
🔶 Rossiya biznesi BRIKS davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor berishi kerak.
🔶 Kompaniyalar (neft va gaz sohasi) bugungi narxlar oshishi natijasida kelayotgan qo‘shimcha foydani isrof qilmasdan, ehtiyotkor bo‘lishi kerak.