Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron tankeri AQSh dengiz blokadasini sezilmasdan yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi

Eron tankeri AQSh dengiz blokadasini sezilmasdan yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi

Eronning suyultirilgan gaz tashuvchi tankeri AQShning dengiz blokadasini yorib o‘tib, Eron hududiy suvlariga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda «Fars» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Suyultirilgan gaz tashiyotgan tanker AQShning dengiz blokadasi chizig‘ini kesib o‘tdi va hech kimga sezilmasdan Eron suvlariga kirdi», — deyiladi nashr e’lon qilgan maqolada.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bundan ikki hafta oldin Hindiston qirg‘oqlari yaqinida bo‘lgan ushbu kema Fors ko‘rfazidagi Xark oroliga kelib langarini tashlagan.

Kiritildi: Bugun 19:49. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!