Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron: suv omborlarining 67% bo‘sh, 15 viloyatda esa oktyabrda yomg‘ir tushmagan

Eron: suv omborlarining 67% bo‘sh, 15 viloyatda esa oktyabrda yomg‘ir tushmagan

Eronda suv omborlarining 67 foizi bo‘sh, 15 viloyatda esa oktyabr oyida yomg‘ir kuzatilmagan. Eron suv ta’minoti va kanalizasiya boshqarmasi bosh direktori Ali Seyidzoda mamlakatda kuchli qurg‘oqchilik bo‘layotganini ma’lum qildi. Oktyabr oyida mamlakat bo‘ylab faqat 2,2 millimetr yomg‘ir tushgan. Bir yil avval esa shu davrda 13 millimetr yomg‘ir bo‘lgan. Shuningdek, ko‘p yillik me’yorga nisbatan yomg‘ir miqdori 77 foizga, o‘tgan yilga nisbatan esa 83 foizga kamaygan. Quvur tizimlarida suv yo‘qotishlari taxminan 15 foizni tashkil qiladi, suvni tejovchi uskunalar esa iste’molni 30 foizgacha kamaytirishi mumkin. Yangi chora-tadbirlar doirasida suvdan ortiqcha foydalangan mijozlar uchun yuqori tariflar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 15:11 05.11.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!