Saudiya Arabistonida o‘z elchixonasi va konsulligining qayta ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Eron delegasiyasi chorshanba kuni Riyozga keldi.
«Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida diplomatik faoliyatni qayta boshlash to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirishga muvofiq... Eron texnik delegasiyasi chorshanba kuni tushda Riyoz shahriga yetib keldi va Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan kutib olindi», deyiladi Eron Tashqi ishlar vazirligi kotibi Nosir Kan’oniy bayonotida.
«Eron delegasiyasi Riyozdagi elchixona va Jiddadagi bosh konsulxonani qayta ochish, shuningdek, Eronning (Jiddada joylashgan) Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili faoliyati uchun zarur choralarni ko‘radi», dedi u.
Bu e’lon Saudiya Arabistoni delegasiyasining Eron poytaxtiga xuddi shunday tashrif bilan bo‘lganidan bir necha kun o‘tib, notinch mintaqada barqarorlik o‘rnatishga va’da bergan ikki hukumat tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Xitoyda bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuvdan so‘ng e’lon qilindi.