Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron Rossiya orqali AQSh bilan kelishuv variantini ko‘rib chiqmoqda — Al-Hadath

Eron Rossiya orqali AQSh bilan kelishuv variantini ko‘rib chiqmoqda — Al-Hadath

Al Hadath telekanali manbalariga tayanib xabar berishicha, Eron yadroviy muzokaralar doirasida boyitilgan urani AQShga emas, balki Rossiyaga topshirish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, bu taklif Eronning yadroviy dasturini to‘liq yo‘q qilish emas, balki uni uzoq muddatga “muzlatish” ssenariysi bilan bog‘liq. Rejaga binoan, taxminan 400 kilogramm yuqori darajada boyitilgan uran boshqa davlatga — Rossiyaga topshirilishi mumkin.

Shuningdek, Eron tomoni:

  • AQShdan iqtisodiy yengilliklar evaziga ayrim kompensasiya talablaridan voz kechishi mumkinligi
  • Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha bosqichma-bosqich ochilish mexanizmini taklif qilgani
  • va bu jarayonga Pokiston hamda Ummonning vositachilik rolini kiritishni taklif etgani

ta’kidlanmoqda.

Hozircha ushbu ma’lumotlar rasmiy tomonlar tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lib, faqat diplomatik manbalar va OAV xabarlariga asoslangan.

Kiritildi: 23:41 18.05.2026. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!