Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron razvedkasi Tehronda 30 ta teraktning oldini oldi

A A A
Eron razvedkasi Tehronda 30 ta teraktning oldini oldi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi razvedka xizmatlari Tehronda 30 ta portlashning oldini oldi.

Bu haqda mamlakat razvedka vazirligi ma’lum qildi.

“Maxsus xizmatlar rejaning barcha aybdorlarini aniqlab, zararsizlantirdi va hibsga oldi, ularning maqsadi Tehronning aholi zich joylashgan hududlarida 30 ta terrorchilik portlashini uyushtirish edi”, — deyiladi ISNA axborot agentligi xabarida.

Unga ko‘ra, razvedka xodimlari uch provinsiya – Alburz, G‘arbiy Ozarbayjon va Tehronda 28 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ularning barchasi ISHID terrorchilik guruhiga aloqador.

Hibsga olishlar chog‘ida gumonlanuvchilardan ko‘p sonli portlovchi moslamalar, jumladan, soatli bomba va kamikadze jiletlar topilgan. Bundan tashqari, terrorchilar qo‘lida 17 qurol, o‘q-dorilar va sun’iy yo‘ldosh aloqa vositalari bo‘lgan.

Terrorizmga qarshi operasiyalardan birida Eron razvedkasining ikki xodimi yaralangan.

Kiritildi: 21:57 24.09.2023. O'qildi: 1859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!