Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron raketalari yetti yashar ukrainalik qizaloq va uning onasining hayotiga zomin bo‘ldi

Eron raketalari yetti yashar ukrainalik qizaloq va uning onasining hayotiga zomin bo‘ldi

Etti yoshli Nastya oilasi bilan Ukrainadan Isroilga rak kasalligiga qarshi davolanish uchun kelgan edi. Biroq 14-iyun kuni Eron tomonidan otilgan raketa Tel-Aviv yaqinidagi Bat-Yam shahridagi turar joy binosiga tushdi. Hujum natijasida 8 kishi halok bo‘ldi. Yig‘ilib qolgan vayronalar ostida Nastya, uning onasi, buvisi va amakivachchalari qolib ketdi. Bu haqda Isroilning ynet axborot portali xabar beradi.

Nastya oilasi bilan 2022-yil dekabr oyida Odessadan Isroilga kelgan. Unda o‘tkir leykemiya (qon saratoni) aniqlangan edi. Qizaloq kimyoterapiyadan o‘tgan, ammo oradan vaqt o‘tib, kasallik yana qaytgan. Otasi Artyom Ukrainada Qurolli Kuchlar safida qo‘shilib, qizi davolanishi uchun xayriya mablag‘lari yig‘gan bir paytda, Nastyaning onasi Mariya, buvisi va akasi u bilan birga Isroilga yo‘l olgan edi. Endi esa ularning aksariyati Eron raketalari qurboni bo‘ldi.

Nastyaning onasi Mariya ham, taxminlarga ko‘ra, hujumdan tirik chiqmagan. Rasmiy ravishda u hozircha bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turibdi, ammo ismi allaqachon halok bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Uning jasadini izlash ishlari davom etmoqda.

Mariya eri — Nastyaning otasi — tirik. Unga Ukrainani tark etishga ruxsat berilmagan. Ayni paytda Ukraina elchixonasi ushbu fojiani tasdiqladi: "Ukrainaning besh fuqarosi, shu jumladan uch nafar bola halok bo‘lgan". Hozircha jasadlarni Ukrainga olib ketish imkonsiz, chunki havo makoni yopilgan.

Kiritildi: 14:54 20.06.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!