Eron Qatardagi energetika inshootlariga zarba berdi.
Bu haqda Al Jazira telekanali xabar berdi.
"Bir dron Mesaieed elektr stansiyasiga tegishli suv omboriga, ikkinchisi esa QatarEnergy tarkibiga kiruvchi sanoat shahri Ras Laffandagi energetika inshootiga zarba berdi", deb xabar berdi telekanal Qatar Mudofaa vazirligidan iqtibos keltirgan holda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum natijasida yetkazilgan zarar va yo‘qotishlar tegishli Qatar rasmiylari tomonidan baholanadi.