Islomobodda AQSh bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar doirasida Eron delegasiyasiga rahbarlik qilish uchun taklif etilgan Muhammad Bog‘ayer G‘olibaf muzokaralarni boshlash uchun ikki muhim shart hali bajarilmaganini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, gap quyidagi masalalar haqida ketmoqda:
— Livanda sulhga erishish
— muzlatilgan Eron aktivlarini ozod qilish
«Bu ikki masala muzokaralar boshlanishidan oldin hal qilinishi kerak», — deya yozgan G‘olibaf.
Ushbu bayonot Eron tomoni muzokaralarga kirishishdan avval aniq siyosiy va iqtisodiy shartlarni ilgari surayotganini ko‘rsatadi.