Bu haqda Eron davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Eron Markaziy banki yangi banknotni muomalaga chiqardi, uning orqa tomonida joriy yilning fevral oyida AQSh va Isroil tomonidan hujumga uchragan Minab shahridagi maktab tasvirlangan.
"Eron Markaziy banki orqa tomonida Minab maktabi tasvirlangan yangi 100 000 tumanlik banknotani muomalaga chiqaradi", — deyiladi xabarda.
Banknotning old tomonida Qumdagi Fotima Ma’suma maqbarasi tasvirlangan. Yaqin kelajakda yangi kupyuralar tarqatilishi boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga hujum qildi. Minabda joylashgan qizlar boshlang‘ich maktabi raketa hujumiga uchradi. Eron Islom Respublikasi Ta’lim vazirligi vakilining aytishicha, AQSH-Isroil zarbalari natijasida Eron maktablarining kamida 175 nafar o‘qituvchisi va o‘quvchisi halok bo‘lgan.