Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron JCH-2026 o‘yinlarini Meksikaga ko‘chirishni taklif qildi

Eron JCH-2026 o‘yinlarini Meksikaga ko‘chirishni taklif qildi

Eron Futbol federasiyasi FIFA bilan 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Eronning Meksikadagi elchixonasi xabar berdi.

"Tramp Eron terma jamoasining xavfsizligini kafolatlay olmasligini aniq bildirganligi sababli biz AQShga bormaymiz. Shu bois FIFA bilan Jahon chempionati o‘yinlarini Meksikada o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz", deya bayonot berdi Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron sport vaziri Ahmad Donyamali mamlakatdagi geosiyosiy vaziyatni inobatga olib, Eron terma jamoasining Qo‘shma Shtatlardagi turnirda ishtirok etishi qiyinligini ma’lum qilgandi. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan berilgan "Eronning turnirda ishtirok etishi noo‘rinligi" haqidagi bayonotidan so‘ng Donyamali Eronni Jahon chempionatidagi ishtirokini hech kim taqiqlashi mumkin emasligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Turinir AQSH, Kanada hamda Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Eron “G” guruhidan joy olgan bo‘lib, unda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan birga o‘ynaydi. Guruh o‘yinlarining barchasi AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 18:28. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!