Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroil va AQSh harbiy ob’ektlariga zarbalar paytida gipertovushli raketalar qo‘llanganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, hujumlarda «Qadr», «Emad» va «Fattoh» ballistik raketalari, shuningdek «Xaybar» gipertovushli raketasi ishlatilgan. Ushbu zarbalar Eronning «Haqiqiy va’da-4» operasiyasining 34-to‘lqini doirasida amalga oshirilgan.
IIQK bayonotiga ko‘ra, bu hujumlar AQSh va Isroil bilan to‘qnashuvni yangi bosqichga olib chiqqan.
Mutaxassislarga ko‘ra, Eronning «Fattoh» raketasi gipertovushli deb ta’riflanadi va u juda yuqori tezlik hamda manyovr qilish imkoniyati tufayli raketaga qarshi mudofaa tizimlarini chetlab o‘tishi mumkin.