Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hormuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hormuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) dengiz floti tashqi aralashuv tufayli yuzaga kelgan notinch xavfsizlik holati tufayli keyingi xabarnomagacha Hormuz bo‘g‘ozini yopilishini e’lon qildi.

Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz floti bayonot berdi.

Unda tashqi aralashuv va kemalarning Hormuz bo‘g‘ozida ruxsatsiz yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanishga urinishlari xavfsizlikka tahdid solgani ta’kidlangan.

Bayonotda ilgari tashqi aralashuv va yuk tashish yo‘nalishlarini ruxsasiz o‘zgartirishga qarshi ogohlantirishlar berilgani ta’kidlangan. Bir necha soat oldin, ogohlantirishlarga e’tibor bermay, bir qator kemalar ruxsasiz yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanishga urinishgan.

Ogohlantirishlarga qaramay, yo‘nalishini o‘zgartirmagan kemalardan biri Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz flotining ogohlantiruvchi o‘qlari bilan to‘xtatilgan.

Bayonotda shuningdek, mintaqadagi aralashuv to‘xtamaguncha, hech bir kemaning Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishiga ruxsat berilmasligi aytilgan.

Kiritildi: 11:21 12.07.2026. O'qildi: 1700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!