Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK)ning Dubayda Ukraina dronlarga qarshi tizimlari joylashgan omborni vayron qilgani haqidagi da’vosi yolg‘on.
Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixiy ma’lum qildi.
"Biz bu ma’lumotni rasman rad etamiz", dedi u.
Shuni ta’kidlash kerakki, IIQK 21 ukrainalik bo‘lgan omborning vayron qilingani haqida xabar bergan.