Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalardan tozalay olmayapti

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalardan tozalay olmayapti

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq ocha olmayapti, chunki akvatoriyaga o‘rnatilgan barcha minalarni topish va zararsizlantirishga qodir emas. Bu haqda AQSh rasmiylariga tayanib The New York Times nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron mart oyida kichik kemalar yordamida bo‘g‘ozni minalab chiqqan. Ehtimol, barcha minalarning joylashuvi qayd etilmagan, ba’zilari esa suv oqimi bilan harakatlanib yuribdi. Dengiz minalarini zararsizlantirish ularni o‘rnatishdan ko‘ra ancha murakkabroq va hozirda AQShda ham kuchli mina qidiruvchi texnik vositalar mavjud emas.

Yuzaga kelgan bu vaziyat Pokistonda o‘tadigan AQSh va Eron muzokaralarini murakkablashtirishi mumkin. Hozirda bo‘g‘ozda kemalar qatnovi deyarli to‘liq to‘xtagan, bu esa energiya resurslari narxining oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, Eron boj to‘lashga tayyor bo‘lganlar uchun alohida yo‘lak qoldirgan.

Kiritildi: Bugun 13:52. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!