Eron IIQK bo‘g‘ozdan o‘tayotgan uchta tankerga dronlar orqali zarba berilganini aks ettiruvchi kadrlarni e’lon qildi.
Tankerlar Tehron bilan kelishilmagan yo‘nalish bo‘yicha bo‘g‘ozdan o‘tayotgan bo‘lgan. Bundan tashqari, AQSh bilan bog‘liq yana uchta kemaga boshqa hududlarda hujum qilingani aytilmoqda.
IIQK hujumlar AQShning Eron tankerlariga bergan zarbalariga javoban amalga oshirilganini bildirgan.