Eron harbiy operasiyalari Fors ko‘rfazidagi AQSh hujumkor infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK, Eron Qurolli kuchlarining elita bo‘linmasi) vakili general Husayn Mohebi ma’lum qildi.
"Dushman (AQSh) bizga hozirgi jangovar taktikasini yuklay olishiga ishonmasligi kerak", deb ta’kidladi general. "Hozirda Eron qurolli kuchlarining harakatlari mintaqadagi AQSh hujumkor infratuzilmasini butunlay yo‘q qilish maqsadida zarba berishga qaratilgan", dedi u.
Mohebi AQSh Eron bilan qarama-qarshilikni uzoq davom etadigan urushga aylantira olmasligini qo‘shimcha qildi.