Qatardagidan boshqa hech bir AQSh bazasida Eron hujumi qayd etilmagan.
Bu haqda Reuters agentligiga AQSh harbiylari vakili ma’lum qilgan.
Rasmiyga ko‘ra, AQShning Qatardagi Al-Udeyd aviabazasiga zarar yetmagan.
Avvalroq agentlik manbalarga tayanib, AQShning Iroqdagi Ayn al-Asad aviabazasida ehtimoliy hujum xavfi tufayli havo hujumidan mudofaa tizimlari faollashtirilgani haqida xabar bergan edi. Ynet portali, o‘z navbatida, Eron AQShning Qatardagi bazalariga 10 ta raketa va Iroqdagi bazaga 1 ta raketa uchirgani haqida da’vo qildi.