Xalqaro maydonda vaziyatning jadal o‘zgarishi va ortib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida eksport va import yuklari tashuvlari uzluksizligini ta’minlash, ushbu jarayonda milliy tashuvchilar hamda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Transport vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) hamda boshqa daxldor idoralar vakillaridan iborat “tezkor shtab” ish boshladi.
📞Xalqaro tashuvlar masalalari bo‘yicha murojaat va takliflarini qabul qilish uchun Transport vazirligining 1167 qisqa raqamli ishonch telefoni 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi.
Shuningdek, Telegram messenjerida @TashuvchigaKo'mak (https://t.me/TashuvchigaKomakBot) boti ishga tushirildi.