Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron bilan urush Tramp ma’muriyatida jiddiy bahslarga sabab bo‘lmoqda

Eron bilan urush Tramp ma’muriyatida jiddiy bahslarga sabab bo‘lmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasida Eronga qarshi harbiy harakatlarning keyingi taqdiri yuzasidan yagona fikr mavjud emas. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ma’muriyatning bir qismi Tehronga qo‘shimcha zarbalar berish orqali uni muzokaralarga undash tarafdori. Boshqa amaldorlar esa harbiy amaliyotlarni to‘xtatib, diplomatik yo‘l bilan kelishuvga erishish zarur deb hisoblamoqda.

Kelishmovchiliklar AQShdagi oraliq saylovlardan keyin yanada kuchaygan. Vise-prezident Jey Di Vens respublikachilarning mag‘lubiyatiga asosiy sabablardan biri sifatida Eron bilan urushni ko‘rsatdi.

Tramp ham harbiy mojaro saylov natijalariga ta’sir qilganini tan olgan. Biroq u Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harbiy operasiya zarur bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Hozircha Vashington Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish yoki yangi zarbalar berish bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qilmagan.

Kiritildi: 11:57 05.11.2026. O'qildi: 1330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik