Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQShning 85 ta harbiy ob’ektiga zarbalar berdi

Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQShning 85 ta harbiy ob’ektiga zarbalar berdi

Chorshanbaga o‘tar kechasi AQSh Markaziy qo‘mondonligi xalqaro suvlarda savdo kemalariga qilingan hujumlarga javoban Eronga bir qator «kuchli» zarbalar bergandi.

Eron oliy qo‘shma harbiy qo‘mondonligi — «Hotam al-Anbiyo» markaziy shtabi AQSh zarbalarini «ochiqdan-ochiq tajovuzkorlik harakati» deb qoraladi. Shuningdek, rasmiy Tehron «halokatli javob» bilan tahdid qilib, AQShni bo‘g‘oz boshqaruviga aralashishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgandi.

Shundan so‘ng, chorshanba tongida Eron Islom inqilobi muhofizlar korpusi AQShning 85 ta asosiy harbiy ob’ektini nishonga olgan holda qo‘shma raketa va dron operasiyasini amalga oshirganini ma’lum qildi.

Nishonga olingan ob’ektlar qatorida Bahrayndagi AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining 5-floti bazasi va Kuvaytdagi «Ali as-Salam» aviabazasi ham bor. Shuningdek, Eron kuchlari operasiyaga aralashishga uringan AQShning MQ-9 dronini urib tushirganini bildirdi.

Reutersʼning yozishicha, chorshanba tongida Bahrayn va Kuvaytda havo hujumidan mudofaa sirenalari chalingan. Kuvayt armiyasi esa havo mudofaa tizimlari «dushmanona» raketa va dron hujumlariga qarshi kurashayotganini ma’lum qildi. AQSh harbiylari tomonidan ushbu zarbalar bo‘yicha hozircha hech qanday rasmiy munosabat bildirilmadi.

Eronning bosh muzokarachisi, parlament spikeri Muhammad Boqir G‘olibof ham AQShni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganlikda aybladi. U bunga misol tariqasida nafaqat AQShning so‘nggi harbiy zarbalarini, balki qayta tiklangan neft sanksiyalarini, Ho‘rmuzdagi Eron «tartibga solishlari»ning buzilishini hamda Isroilning Livanga qarshi hujumlarini keltirdi.

Kiritildi: 14:50 08.07.2026. O'qildi: 3448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!