Eron ayollar futbol terma jamoasining yetti nafar futbolchisi o‘lim jazosidan qo‘rqib jamoani tark etdi — CNN Sports.
"Ulardan besh nafari hozirda Avstraliya polisiyasi himoyasida bo‘lib, allaqachon siyosiy boshpana so‘rab murojaat qildi, qolgan ikki futbolchining taqdiri esa hozircha noma’lum", deya xabar bermoqda telekanal.
Eron ayollar terma jamoasining bir necha futbolchisi mart oyi boshida ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogining ochilish o‘yinida Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan avval Eron davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgan edi.
Shundan so‘ng sportchilar Eron davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan keskin tanqidga uchradi. Futbolchilar Avstraliyadagi mehmonxonada o‘z nazoratchilaridan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan va hozirda Kvinslend shtati polisiyasi himoyasida xavfsiz joyda qolmoqda.
Faollar va sportchilarning yaqinlariga ko‘ra, agar ular vataniga qaytsa, o‘lim jazosiga duchor bo‘lishi mumkin.