Vashington Tehronning tashqi siyosiy qarorlariga aralashish huquqiga ega emas, deb ta’kidladi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy.
Ushbu bayonot AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga Yaman husiylarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘iga javoban berildi.
"Qo‘shma Shtatlar hukumati Eronga uning tashqi siyosatini belgilash huquqiga ham, vakolatiga ham ega emas," deya Eron TIV rahbari X’da yozib, Vashingtonni "Yaman xalqini qirg‘in qilish"ni to‘xtatishga chaqirdi.
15 mart kuni Donald Tramp Yamanda husiylarga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganini e’lon qildi.