Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron AQSh harbiy kemasiga tahdid qildi: Ho‘rmuz atrofida keskinlik kuchaymoqda

Eron AQSh harbiy kemasiga tahdid qildi: Ho‘rmuz atrofida keskinlik kuchaymoqda

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida harakatlanayotgan AQSh harbiy kemasiga zarba berish bilan tahdid qildi. Bu haqda Eronning Fars agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShga tegishli esmines BAAning Fujayra portidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi tomon harakatlanayotgani aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, Eron harbiylari o‘z muzokara delegasiyasi orqali ogohlantirish yuborgan. Unga ko‘ra, agar AQSh kemasi harakatni davom ettirsa, u 30 daqiqa ichida nishonga olinishi mumkin. Bu xabar Pokiston orqali vositachilarga yetkazilgan.

Fars agentligi keyinchalik AQSh esminsi harakatini to‘xtatganini ham xabar qildi. Unga ko‘ra, bu qaror Eron tomonining keskin javobi va diplomatik ogohlantirishlaridan so‘ng qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Vashington Ho‘rmuz bo‘g‘ozida «tozalash ishlari»ni boshlaganini ma’lum qilgandi.

Uning ta’kidlashicha, bu harakat xalqaro dengiz yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

«Biz Ho‘rmuzni dunyo davlatlari uchun tozalayapmiz. Ko‘plab mamlakatlar bu ishni o‘zi qilishga jur’at etmayapti», – degan Tramp.

Kiritildi: 21:05 11.04.2026. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!