Eron va AQSh o‘rtasida ayni paytda hech qanday muzokara olib borilmayapti.
Bu haqda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhsin Rizoiy Al Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Hozirgi vaqtda amerikaliklar bilan hech qanday muzokara o‘tkazmayotganimizni tasdiqlayman», — dedi Rizoiy.
Uning ta’kidlashicha, Tehron va Vashington o‘rtasida hozircha diplomatik muloqot jarayoni yo‘lga qo‘yilmagan.
Shuningdek, Eron tomoni AQShdan muzokaralarni davom ettirish uchun ilgari surilgan shartlarga aniq javob kutayotgani bildirildi.