Eron AQSh bilan muzokaralar olib bormaydi, chunki Vashington faqat o‘z manfaatlarini o‘ylaydi.
Bu haqda Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy bayonot berdi.
"Ba’zi vijdonsiz hukumatlar muzokaralarni muammolarni hal qilish uchun emas, balki o‘z manfaatlarini majburan qabul qildirish uchun olib boradi", — deya qo‘shimcha qildi Xomanaiy.