Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“O‘zgidromet” agentligi 11-13 mart kunlari respublika bo‘ylab kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Unda keltirilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11 martda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 12-13 martda 0-5 daraja iliq kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari;

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11 martda 13-18 daraja iliq, 12-13 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-12 martda 13-18 daraja iliq, 13 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;

havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11 martda 15-20 daraja iliq, 12-13 martda 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari;

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-12 martda 13-18 daraja iliq, 13 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari;

havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 martda Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12 martda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 13 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Kiritildi: Bugun 00:52. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!