Eronda ehtimoliy yadroviy hujum oqibatlaridan himoyalanish bo‘yicha aholiga maxsus ko‘rsatmalar tarqatildi. Bu haqda mamlakat davlat ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Tavsiyalarga ko‘ra, yadroviy portlash sodir bo‘lgan taqdirda fuqarolar mustahkam binolar yoki yerosti boshpanalariga kirib, kamida 24 soat davomida tashqariga chiqmasligi kerak.
Shuningdek, radioaktiv zarrachalardan himoyalanish uchun eshik va derazalarni yopish, tashqi havoni kirituvchi shamollatish tizimlarini o‘chirish tavsiya qilingan.
Bu orada amerikalik jurnalist Taker Karlson AQSh yaqin kunlarda Eron markazidagi "Pikaks" tog‘ida joylashgan yerosti yadroviy ob’ektiga zarba berishi mumkinligini da’vo qildi.
Biroq Vashington bunday hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqlagani yo‘q. Karlsonning yadroviy zarba haqidagi da’vosi ham hozircha ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagan.