Eron rasmiylari Hind okeanidagi Diyego-Garsiya orolida joylashgan Britaniya-Amerika bazasiga ikkita ballistik raketa bilan zarba berilganini tasdiqladi.
Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.
«Erondan 4 ming kilometrdan ortiq masofada joylashgan Diyego-Garsiya harbiy oroliga zarba berilishi Eron Islom Respublikasining muhim qadami hisoblanadi», — deyiladi bayonotda.