Ukraina Rossiya bilan muzlatilgan mojaroga kirmaydi. Qo‘shma Shtatlar Kiyevning bu pozisiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak aytib o‘tdi.
"Biz hech qachon muzlatilgan mojaroga bormasligimizni aniq aytdik. Biz bunga aniq qarshimiz va bu yerda bizning pozisiyalarimiz amerikalik hamkorlarimiz bilan to‘liq mos keladi. Ular ham muzlatilgan mojaroga qarshi", - dedi Yermak.