Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Erling Xoland kitob uchun 116 ming yevro sarflab, Norvegiya rekordini o‘rnatdi

Erling Xoland kitob uchun 116 ming yevro sarflab, Norvegiya rekordini o‘rnatdi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland qariyb 116 ming yevro sarflab, nodir kitob sotib oldi. Gap vikinglar haqidagi sagalar (afsonalar) jamlangan 1594 yilgi noyob nashr haqida ketmoqda, deb yozadi vg.no portali.

Ushbu xarid norveg kitoblari uchun rekord narxga aylandi. Kitob auksionda sotib olingan va noyob hisoblanadi: bu ilgari xususiy qo‘llarda bo‘lgan yagona to‘liq nusxadir. Qayd etilishicha, Xoland ushbu asarni o‘zida olib qolmoqchi emas. U kitobni o‘zi voyaga yetgan Time kommunasiga sovg‘a qiladi.

Futbolchining o‘zi mutolaaning ashaddiy ishqibozi emasligini, biroq ushbu kitob barcha xohlovchilar uchun ochiq bo‘lishini istashini ta’kidladi. Bundan tashqari, u ushbu sovg‘a munosabati bilan bolalar va yoshlar o‘rtasida tanlov tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:07. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!