Turkiya hukumati Ozarbayjon va Gruziya hukumatlari bilan Turkiya harbiy-havo kuchlari samolyoti halokatga uchragan joyda qidiruv-qutqaruv ishlarini yaqindan muvofiqlashtirmoqda.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqaradagi Urbanizasiya sammitida aytib o‘tgan.
"Gruziya va Ozarbayjon chegarasida Turkiya Harbiy-havo kuchlariga qarashli harbiy-transport samolyotining halokatga uchragani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim. Qidiruv-qutqaruv ishlari bo‘yicha har ikki davlat rasmiylari bilan yaqin hamkorlikdamiz", - dedi u.
Turkiya rahbari aniq raqam aytmasdan, qurbonlar sonini tasdiqladi. U hodisa natijasida minimal qurbonlar bo‘lishiga umid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Harbiy-havo kuchlarining Ozarbayjondan uchib kelayotgan S130 harbiy-transport samolyoti Gruziya-Ozarbayjon chegarasi yaqinidagi Sig‘nagi munisipalitetida halokatga uchragan edi. Ikki davlat rasmiylari voqeani tasdiqladi. Gruziya Ichki ishlar vazirligi parvozlar xavfsizligi qoidalarini yoki havo transporti faoliyatini buzganlik uchun jinoiy ish ochdi.