Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.
Turkiya OAVlari xabar berishicha, uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tgan.
Shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin, Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan Noel Barrot ham ishtirok etdi.