Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Erdo‘g‘on mamlakatda o‘qotar qurolga egalik qilish tartibini qat’iylashtirishdi

Erdo‘g‘on mamlakatda o‘qotar qurolga egalik qilish tartibini qat’iylashtirishdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda o‘qotar qurolga egalik qilish tartibini qat’iylashtirish va tegishli huquqiy normalarni kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar joriy etilishini ma’lum qildi.

Bu qaror so‘nggi haftada maktablarda sodir bo‘lgan ikki alohida otishma hodisasi ortidan qabul qilinmoqda. Prezident Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng bu borada rasmiy bayonot bergan.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Shu sababli maktablarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish va qurolga egalik qilish bo‘yicha nazoratni yanada qat’iylashtirish rejalashtirilgan.

“Biz o‘qotar qurol egalari tomonidan xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatni kuchaytiramiz hamda qonunchilikka qo‘shimcha cheklovlar kiritamiz,” — dedi Turkiya Prezidenti.

Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan raqamli platformalarda tarqatilayotgan yolg‘on va zararli kontentga qarshi choralar kuchaytirilishi, kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi imkoniyatlar kengaytirilishi qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 06:46. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!