Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil Yaqin Sharqni falokatga tortayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda u jurnalistlar bilan o‘tkazilgan iftorlikdagi nutqida aytib o‘tdi.
«Isroil qadamba-qadam mintaqamizni falokat girdobiga tortmoqda», — deb ta’kidladi Turkiya yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo, Yaman, Livan va Eronga qilayotgan hujumlari xavfsizlikni ta’minlashga qaratilmagan.
«Bu — vahshiylik va aqlsizlikdir», — deya alohida qayd etdi Erdo‘g‘on.
Shuningdek, u dunyo hamjamiyatiga sodir bo‘layotgan voqealarning asl mohiyatini yetkazishga va tanglanayotgan kun tartibiga aldanib qolmaslikka chaqirdi.