Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Erdo‘g‘on: Isroil G‘azo bo‘yicha kelishuvlarni buzishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak

Erdo‘g‘on: Isroil G‘azo bo‘yicha kelishuvlarni buzishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Falastinning HAMAS harakati va Isroil o‘rtasida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlardan mamnunligini bildirdi. Endi yahudiy davlati ushbu kelishuvlarni buzishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim, dedi u Anqaradagi muzokaralar yakunida mo‘g‘ul hamkasbi Uxnaagiyn Xurelsux bilan.

Hozirda biz oldida juda muhim vazifalar turibdi: G‘azoda Isroil tomonidan keltirilgan keng ko‘lamli vayronagarchiliklarni bartaraf etish, mintaqaga insonparvarlik yordamini yetkazib berish. Isroil hukumati erishilgan kelishuvlarni buzmasligi va o‘t ochishni to‘xtatish rejimini suiiste’mol qilmasligini ta’minlash muhim," - dedi Erdo‘g‘an.

TRT Haber telekanali orqali uzatilgan nutqida Turkiya rahbari ta’kidlashicha, G‘azo aholisi Isroil tajovuzi natijasida 50 mingdan ortiq odam, asosan ayollar va bolalarning halok bo‘lishiga qaramay, zolimga bo‘ysunmagan.

"Endi biz G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya etilishini ta’minlash va yaralarni davolash uchun ko‘proq sa’y-harakat qilishimiz lozim. Xalqaro hamjamiyat G‘azo aholisi oldidagi o‘zining huquqiy va axloqiy burchini bajarishi shart," - dedi u.

Erdo‘g‘on, shuningdek, Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlash faqatgina 1967 yil chegaralarida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlati tashkil etilgan taqdirdagina mumkin, degan fikrni bildirdi.

Kiritildi: 23:15 16.01.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!