Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Erdo‘g‘on Islom dunyosini Isroilga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi

Erdo‘g‘on Islom dunyosini Isroilga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi

Turkiya prezidenti Isroil siyosatini keskin qoralab, unga qarshi qo‘shma sanksiyalar joriy etish zarurligini bildirdi.

Qatarda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasi qo‘shma sammitida so‘zga chiqqan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilning mintaqadagi harakatlari barqarorlikka xavf solayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, ayrim davlatlarning Falastinni tan olish tashabbusi ijobiy qadam bo‘lsa-da, u sanksiyalar bilan mustahkamlanmasa, samarasiz bo‘lib qoladi.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Islom dunyosi Isroilga qarshi choralarni kuchaytirishi, diplomatik harakatlarni jadallashtirishi va xalqaro huquq mexanizmlari orqali uni sud oldida javobgarlikka tortishi zarur.

«Isroil faqat kuchli reaksiya va sanksiyalar orqali to‘xtatilishi mumkin, aks holda bosqinchilik va beqarorlik siyosatini yanada tezlashtiradi», — dedi u.

Turkiya rahbari shuningdek, iqtisodiy bosim o‘tkazish zarurligini qayd etdi. Unga ko‘ra, ayrim sohalarda o‘z-o‘zini ta’minlash, ayniqsa mudofaa sanoatida, ustuvor vazifa bo‘lishi kerak.

«Turkiya sizlar bilan tajribamiz va imkoniyatlarimizni bo‘lishishga tayyor. Biz bir yarim yil oldin Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdik va yillik 9,5 mlrd dollardan voz kechdik», — dedi Erdo‘g‘on.

Kiritildi: 14:21 16.09.2025. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!