Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘on: “Erondagi vaziyat tufayli barcha Turkiya idoralari hushyor holatda”

Erdo‘g‘on: “Erondagi vaziyat tufayli barcha Turkiya idoralari hushyor holatda”

Turkiyaning barcha davlat idoralari Turkiyaning Eron atrofidagi inqirozga aralashib qolishining oldini olish uchun yuqori darajada hushyor holatda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an o‘zi raislik qilgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng shunday bayonot berdi.

"Uzoq davom etgan janglar va mojaroning kengayishi holatlarida turli ssenariylarni tahlil qildik. Turkiyaning barcha davlat idoralari Turkiyaning Eron atrofidagi inqirozga aralashib qolishining oldini olish uchun yuqori darajada hushyor holatda", dedi Erdog‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda iqtisodiyotdan tortib savdo va chegara xavfsizligigacha bo‘lgan turli sohalardagi mojaroning potensial oqibatlari ham baholandi. "Bizning asosiy vazifamiz mamlakatimizni bu yong‘indan himoya qilish, Turkiyaning xavfsizligini va 86 million fuqarosining xotirjamligini ta’minlashdir", deb ta’kidladi Turkiya rahbari.

Erdog‘anning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya Eronni o‘z hududiga raketa zarbalari oqibatlari haqida ogohlantirgan.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!