Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyati ma’lum qildi. Xabar berilishicha, Turkiya prezidenti va Armaniston bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayonini muhokama qilgan.
"Armaniston mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni barpo etish siyosatiga sodiq qolmoqda", — deya ta’kidladi Nikol Pashinyan.
Armaniston hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, siyosatchilar, jumladan, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlar haqida ham suhbatlashgan. Erdog‘an Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi muzokaralarda erishilgan konsensusning ahamiyatini alohida ta’kidlagqn.
"Mazkur uchrashuv muhim va tarixiy ahamiyatga ega. Bu Armaniston rahbarining Turkiyaga bunday darajadagi ilk tashrifidir", — dedi Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan.
AFP agentligining aniqlik kiritishicha, Nikol Pashinyan Istanbulga Rajab Toyyib Erdog‘anning taklifiga binoan borgan.