Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Erdog‘an Putinga ultimatum qo‘ydi

Erdog‘an Putinga ultimatum qo‘ydi

“Turkiya Rossiya va AQSh oldiga shart qo‘ydi – Suriya demokratik kuchlari qo‘shinlari Suriya shimolida joylashgan Manbij, Tel-Rifat va Ayn al-Arab shaharlaridan olib chiqilishi kerak. Shunda Anqara Suriya yeridagi harbiy amaliyotdan voz kechadi“, deb yozadi Al-Jazira.

Unga ko‘ra, Turkiya kurd qo‘shinlarining bu shaharlarni tark etishi uchun muddat belgilagan.

Qo‘shma Shtatlar muqobil yo‘lni taklif qildi: Suriya demokratik kuchlari ittifoqini qayta qurish va Manbij, Tel-Rifat va Ayn al-Arabni boshqarishda arab aholisiga ko‘proq rol berish.

Rossiya esa Turkiyaga javob shartlarni ilgari surdi: Turkiyaning Ukraina bilan bog‘liq muayyan qadamlari evaziga, Moskva Suriyada Turkiyaga siyosiy yon berishga tayyor.

Biroq u Anqaraning qanday qadamlari haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.

Bu shartlar bajarilsa, Rossiya Turkiya tomonidan qo‘shinlarning kirib kelishini osonlashtirish uchun Halab va Ayn al-Arabning ayrim hududlaridan nazoratni olishga rozilik berdi, deya qo‘shimcha qildi “Al-Jazira” manbasi.

Kiritildi: 00:55 08.12.2022. O'qildi: 9533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!