Turkiya yolg‘iz qolsa ham, Falastinni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Falastin masalasini faqat ikki davlat tamoyili asosida hal etish mumkin, deb ta’kidladi Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog‘an Istanbulda Falastinni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha parlament guruhining ilk yig‘ilishida.
"Falastin muammosini ikki davlat asosida hal qilishdan boshqa yo‘l yo‘q. Falastin Falastin xalqiga tegishli. Biz 1967 yil chegaralarida poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil, suveren Falastin davlatini barpo etgunga qadar, hatto yolg‘iz qolsak ham, tinmay kurashni davom ettiramiz," dedi Erdog‘an.